Avtorizatsiya - Karta bo‘yicha Avtorizatsiya va elektron hamyonning to‘lov servislari bo‘yicha Avtorizatsiyaning birgalikdagi eslatmasi.
Karta bo‘yicha Avtorizatsiya - Emitentdan yoki uning nomidan harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxsdan TT orqali Resursda Kartalarni qo‘llash bilan Amaliyotlar o‘tkazilishiga ruxsatni so‘rab olish va uni olish tartib-taomili. Ko‘rsatib o‘tilgan ruxsat har bir muayyan Amaliyotni identifikatsiya qiluvchi kodni (Avtorizatsiya kodi) saqlaydi.
Elektron hamyon/wallet to‘lov servislari bo‘yicha avtorizatsiya - To‘lovchi tomonidan kiritilgan autentifikatsion maʼlumotlarni tahlil qilish va qiyoslash jarayoni, uning natijalari bo‘yicha To‘lovchida elektron pullar servisi qoidalariga asosan muvofiq elektron hamyon/wallet servisining xizmatlariga kirish huquqini olish, jumladan Resursda to‘lov Amaliyotini amalga oshirish uchun Kartani qo‘llash, jumladan Hadyani amalga oshirishga (agar bunday amaliyot Emitent bilan shartnoma bilan ruxsat etilgan bo‘lsa) huquqi mavjudligi belgilab beriladi.
Agent - yuridik shaxs yoki Servis Operatori bilan tuzilgan Shartnoma asosida uning Xizmatlarini taraqqiy ettirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor.
Elektron pochta manzili - Shartnomada Kontragent tomonidan ko‘rsatilgan, jumladan Kontragent Arizasi va/yoki alohida xizmatni yoqish/o‘chirish haqida Ariza, Servis Operatori uchun esa - Qoidaning 10.12-bandida, hamda Kontragent bilan Shartnomada ko‘rsatilgan elektron pochtaning har qanday manzillari.
Ko‘rsatilgan xizmatlar haqida dalolatnoma - Hisobot davri uchun Shartnoma bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarni qabul qilinishini tasdiqlovchi hujjat. Har xil Kontragentlar uchun ko‘rsatilgan xizmatlar haqidagi Dalolatnomaning turlicha shakllari belgilanishi mumkin.
Yetkazib beruvchi so‘rovnomasi - Yetkazib beruvchini "Paygine" Servisi ADM (apparat-dasturiy majmui)da Faollashtirish maqsadida Yetkazib beruvchi haqida, jumladan Yetkazib beruvchining har bir Resursi bo‘yicha maʼlumotlarni saqlovchi Servis Operatori tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha hujjat.
"Paygine" Servisi ADM - TT talablariga muvofiq keluvchi, hisob-kitoblar ishtirokchilari o‘rtasida tranzaksiyalarni yo‘naltirishda axborotning o‘zaro harakatini taʼminlovchi, jumladan, To‘lov vositalarini qo‘llash bilan Amaliyotlarni amalga oshirish imkonini taʼminlash uchun mo‘ljallangan, hamda mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda Yetkazib beruvchi, Servis Operatori, Oluvchi, Hisob-kitob banki, Bank-ekvayer, boshqa Kontragentlar va hisob-kitoblarning ishtirokchilari o‘rtasida Amaliyotlar haqidagi maʼlumotlar bilan almashishni taʼminlovchi Servis Operatorining ixtisoslashtirilgan apparat-dasturiy majmui.
Bank-ekvayer - To‘lov tizimlarida to‘liq huquqlarga ega bo‘lgan ishtirokchi maqomiga (Principal member), savdo ekvayringiga To‘lov tizimlarining litsenziyalariga ega bo‘lgan va Kartalarni qo‘llash bilan hisob-kitoblar va to‘lovlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan amaliyotlarning butun majmuini amalga oshiruvchi kredit tashkilot. Mazkur Qoidalarning maqsadlari uchun Bank-ekvayer Hisob-kitob banki hisoblanadi.
Hayriya tashkiloti - umuman jamiyat yoki ayrim toifadagi shaxslar manfaati uchun xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etilgan notijorat tashkilot.
Internet-do‘kon rastasi - Sayt va/yoki Mobil ilova va/yoki SNPning boshqa Mahsulotlari, ular orqali Yetkazib beruvchi Tovarlar sotilishini amalga oshiradi va/yoki Hadyalarni qabul qiladi.
Virtual karta - muvofiq Emitentning bank to‘lov instrumenti bo‘lib, jismoniy tashuvchisiz chiqariluvchi va To‘lovchiga Emitent qoidalari va To‘lovchi bilan shartnoma asosida Tovarlar uchun Amaliyotlarni Internet tarmog‘ida amalga oshirish va Emitent qoidalari bilan ruxsat etilgan hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini taʼminlovchi to‘lov kartalari turlaridan biri, bunday Virtual karta limiti chegarasida Taqiqlangan amaliyotlar bundan mustasno.
Shartnoma - Qoidalarning 1.4.1-bandida ko‘rsatilgan shartnomalardan istalgani. Atamani qo‘llashda muayyan Kontragentga nisbatan qo‘llashda "Shartnoma" ostida Qoidalar bilan muvofiqlikda ushbu Kontragent bilan tuzilishi mumkin bo‘lgan shartnomaning xuddi o‘sha turi tushuniladi.
Kontragent arizasi - Kontragent Arizasida va mazkur Qoidalarda tavsiflangan shartlarda Shartnomaning Kontragent tomonidan tuzilishi haqidagi Servis Operatori tomonidan o‘rnatilgan shakldagi (Kontragent ofertasi) va mazkur Qoidalarga qo‘shilish (Shartnomani tuzish) haqida Kontragentning istak-xohishini tasdiqlovchi hujjat. Kontragent Arizasini akseptlash haqida Servis Operatorining qarori Kontragent Arizasining muvofiq maydonlarida ko‘rsatiladi. Kontragent Arizalarining shakllari Ilova №№ 2-3larda keltirilgan.
Alohida xizmatni yoqish/o‘chirish haqida ariza - Kontragent bilan tuzilgan Shartnoma doirasida Servis Operatori tomonidan ko‘rsatiluvchi muvofiq Xizmatni yoqish/o‘chirish haqida Kontragentdan Servis Operatoriga manzillangan Servis Operatori tomonidan o‘rnatilgant shakldagi hujjat. Ariza shakli Ilova № 4da keltirilgan.
Taqiqlangan Amaliyotlar - O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Hisob-kitob Bankining qoidalari va mazkur Qoidalarga binoan Yetkazib beruvchiga amalga oshirish taqiqlangan Ilova № 1da ko‘rsatilgan to‘lov amaliyotlari.
Internet-do‘kon (yoki Internet-do‘konning Web-sayti) - Yetkazib beruvchining yoki Internet tarmog‘ida noyob Web-manzilga ega bo‘lgan, (i) Yetkazib beruvchi tomonidan sotiluvchi Tovarlar va ularning narxlari haqidagi maʼlumotlarning taqdim etilishini, hamda ularni xarid qilishga To‘lovchilardan buyurtmalarni qabul qilinishini taʼminlovchi, yoki (ii) Internet tarmog‘i orqali hayriya faoliyatini, shu jumladan Hadyalarni qabul qilib olinishini taʼminlovchi Internet tarmog‘ida Yetkazib beruvchi nomidan harakatlarni amalga oshiruvchi shaxsning axborot Resursi.
To‘qnashuvli davr - tartiblashtirilgan hisob-kitob-moliya va boshqa amaliyotlarning majmui bo‘lib, ular bilan To‘lov vositasini qo‘llash bilan biron bir amaliyotni o‘tkazilish holatini aniqlashtirish maqsadida To‘lovning To‘lov tizimida amalga oshirilishiga norozilik bildirilishi holatida hisob-kitoblarning ishtirokchilari almashadi.
Karta (bank kartasi) - To‘lov tizimi Kartasi, jumladan To‘lov tizimining logotipiga ega bo‘lgan Virtual karta, uni qo‘llash orqali Amaliyotlarni amalga oshirish, hamda O‘zbekiston Respublikasi (keyingi o‘rinlarda - O‘zR) qonunchiligi bilan ularni amalga oshirishga taqiq (cheklov) o‘rnatilmagan boshqa tranzaksiyalarni amalga oshirish imkoni bor.
Elektron raqamli imzo (ERI) - imzolovchining shaxsan o‘zining imzosiga teng ahamiyatga ega bo‘lgan, qonunchilik bilan o‘rnatilgan belgilarga muvofiq keluvchi elektron-raqamli imzo.
Kontragent - mazkur Qoidalarning shartlarida Shartnomani tuzgan Yetkazib beruvchi, Agent. Qoidalar matnida "Kontragent" atamasining qo‘llanilishi shartlar Yetkazib beruvchiga ham, Agentga ham tarqalishini anglatadi.
Xaridorning shaxsiy raqami - Yetkazib beruvchi va Xaridor o‘rtasida Amaliyotlarni hisobga olish uchun Yetkazib beruvchining hisob tizimidagi tahliliy hisob yoki hisobga olish hisobi, boshqa texnologik yechim.
Kontragentning Shaxsiy kabineti (Shaxsiy kabinet) - himoyaning maxsus vositalari bilan himoyalangan, Kontragentning maʼlumotlarini saqlovchi va Kontragentga Servis Operatoridan To‘lovlarning holati haqidagi maʼlumotlarni olish, Resurs orqali Tovarlarni to‘lov Amaliyotlarini kuzatib borish, Hadyalarni qabul qilish, hamda qaytarish Amaliyotlarini, bekor qilish Amaliyotlarini amalga oshirish, hisobotlarni, filtrlarni sozlash va hokazo imkoniyatlarni beruvchi Servis Operatorining Saytidagi ixtisoslashtirilgan bo‘lim. Shaxsiy kabinet funksionali Yetkazib beruvchi, Agent uchun farq qilishi mumkin.
Mobil tijorat - jismoniy shaxs va aloqa operatori va/yoki elektron pul o‘tkazmalari (EPO‘) operatorlari o‘rtasidagi alohida shartnoma asosida abonenti bunday shaxs bo‘lgan uyali aloqa operatorlari ishtirokida jismoniy shaxslar uchun hisob-kitoblarni tashkil etish va amalga oshirishdan iborat bo‘lgan servis. Ishtirokida Operator Servisi orqali Resursda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan harakatdagi radiotelefon aloqa operatorlarining ro‘yxati Servis Operatorining Saytida ko‘rsatilgan.
Internet-do‘konning Mobil ilovasi - iOs, Android, Windows mobile operatsion tizimlar va boshqalar boshqaruvi ostidagi abonentlik qurilmalari uchun, Amaliyotlarni amalga oshirish maqsadlari uchun Internet-do‘konga Xaridorlarning masofadan kirishlari uchun dasturiy majmua.
Firibgarlik amaliyotlari - To‘lov Tizimi/Emitent/Servis Operatori/Hisob-kitob banki tomonidan firibgarlik kabi eʼtirof etilgan va/yoki To‘lovchi tomonidan shikoyat qilingan va/yoki Bank-ekvayer/Operator/Hisob-kitob banki tomonidan To‘lovchining roziligisiz amalga oshirilgan yoki To‘lovga Topshiriqsiz amalga oshirilgan, shu jumladan qalbaki ERI/zararli kompyuter dasturlarini va shunga o‘xshashlarni qo‘llash bilan amalga oshirilgan deb tan olingan To‘lov.
Firibgarlik amaliyotlarini yetarlicha tasdig‘i bo‘lib, xususan, quyidagilar hisoblanadi:
(a) qog‘oz tashuvchida, elektron pochta orqali yoki faksimil aloqani qo‘llash bilan Servis Operatori tomonidan olingan Emitent/TT/Bank-ekvayer/Hisob-kitob banki arizasi;
(b) Xaridor/To‘lovchining roziligisiz ETV (elektron to‘lov vositasi) qo‘llash haqida ularning asoslab berilgan arizasi;
(s) Servis Operatori tomonidan To‘lovga Qarorsiz o‘tkazishni amalga oshirish dalilini qayd etilishi.
Noqonuniy amaliyotlar - ETV To‘lov Tizimlari, operatorlari/Emitentlari tomonidan noqonuniy deb tan olingan To‘lovchilar tomonidan amalga oshirilgan to‘lov Amaliyotlari, hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid keluvchi amaliyotlar, jumladan:
(1) keyinchalik Emitent va/yoki TT va/yoki To‘lovchi tomonidan eʼtiroz bildirilgan to‘lov Amaliyoti, jumladan Eʼtiroz bildirilgan amaliyot;
(2) Shartnoma shartlarini buzish bilan o‘tkazilgan Amaliyot;
(3) Tovar O‘zR qonunchiligini va/yoki Shartnomaning talablarini buzish bilan sotilgan;
(4) Emitent va/yoki TT tomonidan Amaliyotlarni amalga oshirish taqiqlangan Karta yoki boshqa ETV rekvizitlarini qo‘llash bilan o‘tkazilgan Amaliyot;
(5) Yetkazib beruvchining xodimlari tomonidan noqonuniy harakatlar amalga oshirilganligi aniqlangan Amaliyot;
(6) Avtorizatsiya olinmagan Amaliyot;
(7) Kontragent Servis Operatorning so‘roviga binoan Tovarlarni Xaridorga sotilishini tasdiqlovchi hujjatlarni yoki Xayr-ehsonni alohida hisobga olish va maqsadga muvofiq foydalanishni, Xaridorni tovarlarni sotish shartlari yoki Xayr-ehsonni amalga oshirish va undan foydalanish shartlari bilan tanishtirishni taʼminlamagan Amaliyot;
(8) Bir xil amaliyot Amaliyotlar ryestriga ikki marta kiritlgan;
(9) to‘lov Amaliyotini amalga oshirishda Xaridor tomonidan to‘langan Tovarlarning narxi naqd pul bilan to‘langanda bir xil Tovarlarning odatdagi narxidan yuqori;
(10) Xaridor Tovarni boshqa usulda (shu jumladan, boshqa karta yoki naqd pul mablag‘lari bilan) to‘lagan;
(11) to‘lov Amaliyoti amalga oshirilgan Servis Qoidalarga Ilova № 1da ko‘rsatilgan talablarga javob bermaydi.
Noqonuniy amaliyotning yetarlicha tasdiqlanishi bo‘lib, xususan, quyidagilar hisoblanadi:
(a) elektron pochta yoki faksimil aloqa yordamida Servis Operatori tomonidan olingan Emitent/TT/Bank-ekvayeri/Hisob-kitob banki arizasi;
(b) Servis Operatori tomonidan olingan To‘lovchining asoslab berilgan arizasi;
(h) Servis Operatori tomonidan so‘ralgan hujjatlarning Operatorga taqdim etilmasligi dalili, amaliyotni noqonuniy kabi tasniflanishini olib keluvchi boshqa dalilning qayd qilinishi.
Notijorat tashkilot - hayriya, diniy, ijtimoiy, madaniy, taʼlim yoki boshqa jamoatchilik foydali maqsadlarga bepul asosda jismoniy shaxslardan pul mablag‘larini qabul qiluvchi yuridik shaxs, jumladan Hayriya tashkiloti.
Servis Operatori (Operator) - mazkur Qoidalar doirasida Shartnoma bo‘yicha Xizmatlarni ko‘rsatuvchi "Paygine Tech" MCHJ.
Amaliyot (Amaliyotlar) - quyidagilardan biron birini o‘z ichiga oluvchi umumiy tushuncha: To‘lov vositasini qo‘llash bilan Resurs orqali To‘lovchilarning topshirig‘i bo‘yicha o‘tkaziluvchi to‘lov Amaliyoti, to‘lovni bekor qilish Amaliyoti, qaytarish (qisman qaytarish) Amaliyoti, qaytarishni (qisman qaytarishni) bekor qilish Amaliyoti.
To‘lov Amaliyoti (To‘lov) - Internet tarmog‘ida Resursda Yetkazib beruvchi tomonidan qabul qilinuvchi To‘lov vositasini qo‘llash bilan Tovarni to‘lash, Hadyani amalga oshirish bo‘yicha Yetkazib beruvchining manziliga "Paygine" Servisi ADM yordamida amalga oshiriluvchi pul mablag‘larini naqd pulsiz o‘tkazish bo‘yicha amaliyot.
To‘lovni bekor qilish amaliyoti (To‘lovni bekor qilish) - Shartnoma Tomonlarining istalgani bilan avval to‘lov amalga oshirilgan Amaliyotning quyidagi holatlarda bekor qilinishi:
(i) to‘lov Amaliyoti davrida sodir bo‘lgan texnik to‘xtalish yoki
(ii) erkin yozma shaklda yoki Shaxsiy kabinetni qo‘llash orqali (texnik imkoniyat mavjudligida) Servis Operatoriga yuboriladigan Amaliyotning xato o‘tkazilishi yoki Karta bo‘yicha noto‘g‘ri amalga oshirilgan amaliyot ("Reversal" Amaliyoti) haqida Kontragent/Xaridorning arizasi.
Qaytarish amaliyoti (to‘liq yoki qisman) - O‘zR qonunchiligi bilan o‘rnatilgan talablarni hisobga olgan holda Yetkazib beruvchi va Xaridor o‘rtasidagi shartnomada belgilab berilgan asoslar va hujjatlar bo‘yicha Xaridor tomonidan avval o‘tkazilgan to‘lov Amaliyoti bo‘yicha pul mablag‘larning Xaridorga qaytarilishi (to‘liq yoki qisman) bo‘yicha harakatlari. Qaytarish Amaliyoti qiymati to‘lovning dastlabki Amaliyoti qiymatidan oshishi mumkin emas.
Qaytarishni bekor qilish amaliyoti - Kontragent tomonidan tashabbuslangan avval o‘tkazilgan qaytarish Amaliyotini bekor qilish.
"Reversal" amaliyoti Avtorizatsiya o‘tkazilgan Kartani qo‘llash bilan Amaliyotni bekor qilish taomili. "Reversal" amaliyoti faqat dastlabki Amaliyotga tayanishda bajariladi. "Reversal" amaliyoti, agar Tovar uchun mablag‘lar Yetkazib beruvchining hisobiga hali tushib ulgurmagan holatda tashabbuslanadi.
Karta bo‘yicha Avtorizatsiyani bekor qilish - agar to‘lov amaliyoti yakunlanmagan holatda Avtorizatsiyani muvaffaqiyatli bekor qilish taomili.
Eʼtiroz bildirilgan amaliyot - TT Qoidalari bilan muvofiqlikda Emitent shikoyat ishini tashabbuslagan taomil. Bunday Eʼtiroz bildirilgan amaliyot bo‘yicha tekshiruvni olib borish davomida Yetkazib beruvchi Amaliyotning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish imkoniga ega bo‘lmagan, bunda Eʼtiroz bildirilgan amaliyot bo‘yicha pul mablag‘larini qaytarishda Emitentning to‘lov talabi qonuniy va so‘zsiz bajarilishi hisoblanadi.
Amaliyot kuni - "Paygine" Servisi ADM kalendar kuni, ushbu davr etib soat 00:00:00dan soat 23:59:59gacha bo‘lgan davr qabul qilinadi.
Hisobot kuni - "Paygine" Servisi ADM orqali To‘lovchining Topshirig‘i haqida maʼlumot kelib tushish kuni, soat 00:00:00dan soat 23:59:59gacha qilib belgilangan.
Hisobot davri - kalendar chorak, chorakning birinchi kuni soat 00:00:00dan joriy kalendar chorakning oxirgi kuni (jumladan) soat 23:59:59gacha hisoblanadi. Boshqacha Hisobot davri Shartnomada Tomonlar bilan kelishib olinishi mumkin.
Rejali ishlar - "Paygine" Servisi ADMda reglament, profilaktika ishlari, ularni o‘tkazish davomida Tomonlar Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaydi.
To‘lov Tizimi (TT) - “VISA”, “MasterCard”, “MIR”, UnionPayInternational xalqaro to‘lov tizimlari, hamda UZCARD va HUMO milliy to‘lov tizimlari. Kartalari to‘lovga qabul qilinuvchi yoki ularning hisobiga o‘tkazish uchun Topshiriq berilishi mumkin bo‘lgan TTlarning aniq ro‘yxati Servis Operatori tomonidan belgilab beriladi, "Paygine" servisi saytida Kontragent maʼlumoti uchun yetkaziladi va Servis Operatori tomonidan bir tomonlama tartibda istalgan vaqtda o‘zgartirilishi mumkin.
To‘lov vositasi - Karta, shu jumladan Emitent va To‘lovchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq Emitent tomonidan To‘lovchiga taqdim etilgan, hisob-kitoblarni o‘tkazishda NFC-texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lgan va Servis Operatori tomonidan qabul qilinuvchi To‘lovni amalga oshirish maqsadida To‘lovchi tomonidan qo‘llaniluvchi boshqa ETV. To‘lovni amalga oshirish uchun erishimli To‘lov vositalarining ro‘yxati Servis Operatorining Saytida joylashtirilgan. Resrus orqali Tovarni to‘lash va/yoki Hadyalarni amalga oshirish uchun muvofiq To‘lov vositasini qo‘shish va qo‘llash imkoniyati, shu jumladan, mazkur Qoidalardan tashqari, To‘lovchining (To‘lov vositasining egasi) va muvofiq Emitentning shartnomalari bilan ham belgilab beriladi.
To‘lovchi - Resurs orqali To‘lov vositalarini qo‘llash bilan To‘lovni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs.
Hadya - (shu jumladan, xayriya hadyasi) - umumfoydali maqsadlarda buyumni yoki huquqni hadya qilish.
Xaridor (Mijoz) - jismoniy shaxs, shu jumladan Yetkazib beruvchining Resursi orqali Tovarlarni xarid qilish haqida shartnomani tuzgan yoki Hadyani amalga oshiruvchi To‘lovchi.
Oluvchi - foydasiga To‘lov amalga oshiriluvchi jismoniy, yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan Yetkazib beruvchi, hamda foydasiga Hadyalar amalga oshiriluvchi hayriya tashkilotlari, qaytarish Amaliyotlarida, to‘lovni bekor qilish Amaliyotlarida esa Oluvchi bo‘lib dastlabki To‘lovchi hisoblanadi.
Yetkazib beruvchi - tovarlar yoki xizmatlarni sotuvchi yoki Hadyalarni qabul qiluvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor, jumladan Notijorat tashkilot.
Qoidalar - Servis Operatorining Saytida joylashtirilgan "Paygine" Servisini qo‘llash bilan axborot-texnologik xizmatlarni ko‘rsatishning mazkur Qoidalari.
SNP mahsulotlari - internet, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar kabi shunday Resurslarda To‘lov vositasining rekvizitlarini qo‘llash bilan to‘lov Amaliyotlarini qabul qilinishini taʼminlovchi texnologik yechim.
Ish kuni - har qanday kalendar kunni anglatadi, ishlanmaydigan bayram kunlari, hamda O‘zR qonunchiligi bo‘yicha o‘rnatilgan besh kunlik ish haftasida dam olish kunlari bundan mustasno.
Topshiriq - "Paygine" Servisi ADM orqali To‘lov vositasini qo‘llash bilan to‘lovni amalga oshirishga To‘lovchining topshirig‘i.
Hisob-kitob banki - TT ishtirokchisi hisoblanuvchi va pul mablag‘larini o‘tkazish bo‘yicha amaliyotlarni amalga oshiruvchi kredit tashkilot.
Resurs - Internet-do‘konning Web-sayti, Internet-do‘konning Mobil ilovasi, SNP Mahsulotlarini qo‘llash uchun texnologik yechim yoki Yetkazib beruvchiga "Paygine" Servisi ADM yordamida Xaridorlarga Tovarlarni sotib olishni amalga oshirish va/yoki Hadyalarni qabul qilish imkonini beruvchi boshqa axborot-texnologik yechim (shu jumladan, messenjerlar, botlar va ijtimoiy tarmoqlar).
Rekurrent to‘lovlar - vaqtning muayyan davri davomida muntazam amalga oshiriluvchi Tovarlarni to‘lash to‘lovlari.
Rezident - O‘zR qonunchiligiga muvofiq rezident deb tan olinuvchi shaxs.
Servis Operatori sayti - www.paygine.uz manzili bo‘yicha Internet tarmog‘ida joylashtirilgan Servis Operatorining rasmiy sayti.
Tomonlar - Shartnoma tomonlari.
Tovar - Xaridorlar manziliga Yetkazib beruvchi tomonidan sotiluvchi O‘zR hududida taqiqlanmagan va aylanmada chegaralanmagan, Yetkazib beruvchi tomonidan sotiluvchi tovarlar, ishlar, xizmatlar, intellektual faoliyat natijalari, hamda fuqarolik huquqlari obʼektlarining boshqa turlari.
Tariflar (Tarif reja) - mazkur Qoida bo‘yicha Kontragentga ko‘rsatilganligi uchun Servis Operatorining komissiya stavkalari tizimi. Tarif Kontragent Arizasida va/yoki muvofiq Xizmatni ulash haqidagi Ariza yoki Qoidalarga Ilovalardagi shakllar bo‘yicha rasmiylashtiriluvchi Shartnomada ko‘rsatiladi.
To‘lovlarga ishlov berish bo‘yicha xizmatlar - elektron shakldagi, jumladan elektron pullarni qo‘llash bilan amalga oshiriluvchi to‘lovlarga ishlov berish, va to‘lovni amalga oshirish yoki ushbu to‘lovlar bo‘yicha pul mablag‘larini qabul qilish uchun bankga zaruriy maʼlumotlarni uzatish bo‘yicha Servis Operatorining faoliyati, jumladan, ammo cheklanmasdan:
• hisob-kitoblarni, Amaliyotlarni amalga oshirilishi haqidagi maʼlumotlarni (maʼlumotlarga ishlov berish), Tovarni to‘lash bo‘yicha Yetkazib beruvchi manziliga To‘lovlarni qo‘shib hisoblash va/yoki Hadyalarni kiritish haqidagi maʼlumotlarni to‘plash, ishlov berish va ishtirokchilarga uzatish, To‘lovchi tomonidan shakllantirilgan elektron to‘lov hujjatlarini qabul qilish, muvofiq Emitentga nisbatan to‘lovga Amaliyotni amalga oshirish haqidagi maʼlumotlarni yo‘naltirish,
• Amaliyotlarni o‘tkazish yoki ularni o‘tkazilishini rad etish haqida muvofiq Emitentlardan javoblarni qabul qilish,
• To‘lovlarni Oluvchilariga To‘lovlarni o‘tkazish natijalari haqida maʼlumotlarni yuborish, "Avtoto‘lov" Funksiya xizmatlari, mazkur Qoidalar asosida ko‘rsatiluvchi boshqa xizmatlar.
Elektron shaklda to‘lovlarga ishlov berish bo‘yicha xizmatlar maʼlumotlarga ishlov berish bo‘yicha xizmatlar bo‘lib hisoblanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan xizmatlar huquqlar qonuniy asoslarda Operatorga tegishli bo‘lgan Servis operatori ADM qo‘llash bilan taqdim etiladi.
Servis Operatori xizmatlari (Xizmatlar) - mazkur Qoidalar asosida ko‘rsatiluvchi, o‘z ichiga to‘lovlarga ishlov berish bo‘yicha Xizmatlarni, hamda to‘lovlarga ishlov berish bo‘yicha Xizmatlar tushunchasiga kirmaydigan boshqa xizmatlarni kirituvchi Operator xizmatlarining majmui. Ko‘rsatiluvchi Xizmatlarning aniq ro‘yxati Kontragent Arizasida yoki alohida xizmatni yoqish/o‘chirish haqidagi Arizada, yoki Qoidalarning alohida bo‘limlarida muayyan mahsulotning shartlaridagi tavsiflarda yoki ularga qo‘shimchalar, ilovalarda to‘ldirilishi mumkin.
"Chek" funksiyasi - Servis Operatori nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan kassa texnikasi orqali Yetkazib beruvchi foydasiga amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha shakllantirilgan, kassa chekini shakllantirish va uni To‘lovchiga va soliq organlariga yuborilishi bilan bog‘liq bo‘lgan maʼlumotlarga ishlov berish bo‘yicha xizmat.
"Chek" funksiyasi Yetkazib beruvchiga Servis Operatori tomonidan Qoidalarga Ilovada ("Chek" funksiyasini ulash shartlari va uning ishlash tartibi) o‘rnatilgan tartibda Yetkazib beruvchining nomidan, uning hisobidan va topshirig‘i bo‘yicha ko‘rsatiladi. "Chek" funksiyasi texnik imkoniyat mavjudligida taqdim etiladi.
"Avtoto‘lov" funksiyasi - To‘lovchi tomonidan avvaldan aksept berilishi asosida uning To‘lov vositasidan pul mablag‘larini chegirib qolish orqali Yetkazib beruvchining talabi bo‘yicha To‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi, ATT (axborot-texnik taʼminot) Xizmatlariga kiruvchi "Paygine" Servisi ADMning funutsionali (Rekurrent to‘lovlar/takroriy to‘lovlar/ "Bir bosishda" to‘lov va ko‘rsatib o‘tilgan mezonlarga javob beruvchi boshqa to‘lovlar, keyingi o‘rinlarda birgalikda - "avtoto‘lovlar" deb nomlanadi). "Avtoto‘lov" Funksiyasining tavsifi Qoidalarga Ilovada keltirilgan. "Avtoto‘lov" Funksiyasi texnik imkoniyat mavjudligida taqdim etiladi.
Emitent - yuridik shaxs, yoki kredit tashkiloti (shu jumladan, bank-emitent) bo‘lib, ular o‘rtasida tuzilgan shartnomaning shartlariga muvofiq To‘lovchiga To‘lov vositasi taqdim etilgan.
Elektron to‘lov vositasi (ETV) - axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, elektron maʼlumot tashuvchilarni, jumladan Kartani, hamda boshqa texnik qurilmalarni qo‘llash bilan naqd pulsiz hisob-kitoblarning qo‘llaniluvchi shakllari doirasida pul mablag‘larini o‘tkazishni amalga oshirishga topshiriqni tuzish, uni tasdiqlash va uzatishga imkon beruvchi vosita va/yoki usul. ETV jismoniy tashuvchiga qanday bo‘lsa, mobil telefon, planshet, smartfon yoki boshqa tashiluvchi qurilmaga ham xuddi shunday joylashtirilishi mumkin.
NFC-texnologiya (Near Field Communication) - To‘lovchi va Yetkazib beruvchining ekvayring terminali o‘rtasida Amaliyotlarni amalga oshirish uchun aloqasiz maʼlumotlar almashinuvini amalga oshirish imkonini beruvchi kichik radiusdagi (10 metrgacha) simsiz yuqori chastotali aloqa texnologiyasi.
Chargeback (Chardjbek) - To‘lovchining talabi bo‘yicha Emitent tomonidan tashabbuslanuvchi To‘lov o‘tkazilishi natijasida To‘lovchiga pul mablag‘larini qaytarish Amaliyoti.
Agar mazkur Qoidalarning matni biron bir atamaning bir maʼnoli talqin qilinishini saqlamaydigan holatda, Tomonlar birinchi navbatda Servis Operatori Saytida atama uchun keltirilgan talqinlar bilan rahbarlik qilish majburiyatini zimmasiga oladi.
Protsessing markazini ishlash qoidalari bilan siz shu yerda tanishishingiz mumkin.