RU EN

Internet tarmog'ida pul o'tkazganda axborot-texnologik birga ishlash haqidagi shartnoma Shakli

  • Manzil:Toshkent shahri, Mirobod tumani,
  • Afrosiyob ko'cha, 4-uy
  • h/r: 2020 8000 4051 4637 3001
  • Universal Bank ATB
  • Toshkent filialida
  • STIR:306 838 004
  • MFO: 00996
  • OKED: 62010
  • Тel. +99895 370-03-56

Bundan keyingio'rinlarda "To'lov Tashkiloti" deyiladigan hmda "Paygine Tech" MCHJ nomidan ishlaydigan “IT UNISOFT GROUP” MCHJ (O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tuman, Afrosiyob ko'cha, 4-uy, STIR 306838004) (Toshkent, Mirobod tumani, Afrosiyob ko'cha, 14, STIR 309501041) Bosh direktor Karimov Rustam Samadovich nomidan vakillik qilgan holda va bunda keyingi o'rinlarda "Protsessor" deyilib Internet tarmog'ida pul o'tkazganda axborot-texnologik birga ishlash haqida quyidagi shartlar bilan hamda Shartnoma va So'rovnoma bilan belgilab qo'yiladigan shartlarga asoslanib shartnoma tuzish uchun oferta jo'natishni taklif qiladi (bundan keyingi o'rinlarda "Shartnoma" deyiladi).

1. Shartnomada qabul qilingan ta'riflar:

So'rovnoma — Hamkor to'ldirishi kerak bo'lgan va ushbu Shartnoma 1-ilovasi bilan belgilab qo'yilgan shakldagi so'rovnoma.

To'lov kartasi/Karta — Karta egasi Emitent bilan Karta egasi o’rtasida tuzilgan shartnomaga ko’ra Emitent ixtiyorida turgan pul mablag’i bilan operatsiyalar o’tkazishi uchun mo’ljallangan, elektorn to’lov vositasi hisoblanadigan naqd pulsiz hisoblashish vositasi.

Karta egasi/Xaridor — O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Emitent bilan tuzilgan shartnomaga asosan Emitent ixtiyorida turgan pul mablag'i bilan operatsiya o'tkazish uchun Kartadan foydalanadigan jismoniy shaxs, shu jumladan, huquqiy shaxs vakolat bergan jismoniy shaxs.

Hamkor (Mijoz) — Protsessor nomidan vakillik qiladigan PO bilan Shartnoma tuzgan, taqdim etilgan tovarlar, ko'rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ish uchun Internet orqali Kartani to'lov uchun qabul qilmoqchi bo'layotgan huquqiy shaxs.

Do'kon — Internet tarmog'ida unikal web-manzili bo'lgan, Internet tarmog'i vositasida Hamkor sotadigan Tovarlar, ularning narxi haqida ma'lumot beradigan hamda Xaridorlardan ularni sotib olish uchun buyurtma qabul qiladigan Hamkorning dasturiy mahsuloti.

To'lov tizimlari (TT) — UZCARD va HUMO to'lov tizimlari.

Qalloblik operatsiyasi — O'zbekiston Respbulikasi qonunchiligini va/yoki TT qoidalarini va/yoki Shartnoma shartlarini buzib bajarilgan operatsiya.

Haqiqiy bo'lmagan operatsiya — TT qoidalari, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi, shu jumladan, quyidagi asoslarga ko'ra haqiqiy emas, deb e'tirof etilgan operatsiya:

• TT Kartasidan tashqari istalgan boshqa Karta ishlatilib o'tkazilgan operatsiya;

• Ushbu Shartnoma bilan belgilab qo'yilgan tartib buzilib o'tkazilgan to'lov operatsiyasi;

• Xizmat O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi buzilib ko'rsatilgan;

• To'lov operatsiyasi emitent To'lov Tashkilot va/yoki TT da to'lovini o'tkazish ta'qiqlab qo'yilgan Karta rekvizitlaridan foydalanib o'tkazilgan;

• Hamkornng xodimlari qonunga zid harakatni amalga oshirgani aniqlangan operatsiyalar;

• To'lov operatsiyasi amalga oshirilgandagi egasi tasdiqlangan so'rov Shartnoma Shartlari buzilib berilgan;

• Xaridor bunday to'lov Operatsiyasini amalga oshirish uchun Kartadan foydalanib to'lagan Xizmat narxi Hamkor tovarining naqd pul bilan to'langandagi narxidan ancha baland.

• Karta egasi Xizmat haqini boshqa usul bilan (shu jumladan, boshqa karta bilan yoki naqd pul bilan) to'ladi.

• To'lov Operatsiyasi amalga oshirilgan do'kon Sahrtnomadagi talablarga to'g'ri kelmaydi.

Operatsiya — bankdagi hisobdan foydalanib pul qabul qilish va pul o'tkazish xizmati, To'lash operatsiyasi va Qaytarish operatsiyalarini ham o'z ichiga oladi.

To'lash opertasiyasi — Kartadan foydalanib pul mablag'i Xaridordan Sotuvchi foydasiga o'tkaziladigan hisoblashish opeeratsiyasi, Tovar sotib olish maqsadida Xaridorning talabi bilan Do'konda o'tkaziladi.

Qaytarish operatsiyasi — Xaridor Kartadan foydalanib haqini to’lagan Tovarni qaytarganda yoki bajarilgan To’lash operatsiyasi doirasida Tovar haqi to’langanda hisobdan chiqarib olingan pulni Xaridorga qaytarish zarurati paydo bo’lganda bajariladigan hisoblashish operatsiyasi.

To'lovchi tashkilotning komissiyasi— Operatsiyani bajarish maqsadida axborotni ishlagani uchun To'lovchi tashkilotga beriladigan haq, bunga yana muvaffaqiyatsiz o'tgan Operatsiyalar haqi va Shartlashish qoidalariga muvofiq har bitta To'lash Opeeratsiyasidan ushlab qolinadigan va So'rovnomada ko'rsatilgan hisoblashishlar uchun olinadigan haq ham kiradi.

Pul o'tkazish — Qaytarish operatsiyasi va To'lovchi tashkilotning komissiyasi hamda Shartnomaga ko'ra To'lovchi tashkilot ushlab qolishi va har bir kun uchun Hamkorga tolanishi kerak bo'lgan boshqa summa.chiqarib olingan To'lash operatsiyasidan iborat bo'lgan pul mablag'i summasi.

TT qoidalari — to'lov tizimida ishtirok etish, pul mablag'ini o'tkazish, to'lov infratizilmasining xizmat qilishi hamda amal qiladigan qonunchilikka ko'ra to'lov tizimining To'lovchi tashkiloti belgilab qo'yishi kerak bo'lgan boshqa shartlar yozilgan hujjat (hujjatlar to'plami).

Sayt — bitta joyda jamlangan axborot, uni olish usullari va ko'pincha bitta mavzu va/yoki maqsaq bilan birlashgan, Internetga ulangan hamda tegishli texnik vositalari bor foydalanuvchiga shu axborotni olish imkonini beradigan texnik vositalar.

Tizim — Protsessorning dasturiy-apparat majmuasi (Protsessor ishlab chiqgan va huquqiy egasi bo'lgan Paygine Tech EHM dasturi. Tizim To'lovchi tashkilot va Tashkilot o'rtasida axborot-texnologik birga ishlashi uchun mo'ljallangan), 1.1-bamdga muvofiq Protsessor xizmatidan foydalanish imkoniyatini beradi.

Tizimga to'liq kirish — Shaxsiy xona funksionalidan to'liq foydalanish hamda Shartnoma bilan nazarda tutilgan boshqa harakatni amalga oshirish imkonini beradigan yo'sinda Tizimga kirish.

Tizimga sinash uchun kirish — bir qancha cheklashlar bilan Shaxsiy xona funksionalini birlamchi sinab ko'rishga imkon berish uchun Tizimga qisman cheklashlar bilan kirish.

Shaxsiy xona — Tizim Saytidagi ixtisoslashgan va bir shaxsga mo'ljallangan, maxsus himoya vositalari bilan himoya qilingan, Tomonlar o'rtasida elektron hujjat almashish Tizmi ko'rinishida bo'ladigan (Tizim dasturiy modulining dasturiy ta'minoti hisoblanadigan), Hamkor haqidagi axborotni saqlaydigan, Shartnomani bajarish uchun Hamkor o'tkazgan Operatsiyalar haqidagi statistik ma'lumot turadigan, shuningdek, Shartnoma bilan belgilab qo'yilgan shartlarga muvofiq Hamkorga Tizimning qo'shimcha funksionalidan foydalanish imkonini beraditan bo'lim.

Shartnoma Tomonlari (Tomonlar) — Protsessor va Hamkor nomidan vakillik qiladigan To'lovchi Tashkilot.

Tovar — Hamkor yoki Hamkor shartnoma tuzgan uchinchi shaxslar sotadigan va Xaridor Kartadanfoydalanib haqini to'laydigan tovar, ish, xizmat va aqliy faoliyat natijasi.

Emitent — To'lov kartalarini chiqaradigan (emissiya qiladigan) va to'lash xizmatlarini ko'rsatadigan yetkazib beruvchi.

Marketpleys — Protsessorning texnik vositalardan foydalanib elektorn to’lov hujjatlari yordamida naqd pul bilan va naqd pulsiz hisoblashishni amalga oshiradigan, xaridorlarga elektron ko’rinishda chek yuborish funksiyasi bor, operatorning moliyaviy ma’lumot tizimiga ulanish imkoniyati bo’ladigan, To’lovchi tashkilotning moliyaviy ma’lumot yozilgan chekdagi ma’lumotga asoslanib onlayn rejimda moliyaviy belgilarni qabul qiladigan tizimi. Protsessor davlat marketpleyslar reyestriga kiritilgan.

1. Shartnomaning mazmun

1.1. Shartnoma Operatsiyalar amalga oshirilayotganda To'lovchi tashkilot bilan Hamkor o'zaro ishlaydigan tartibni, To'lovchi tashkilot bilan Hamkor o'zaro hisoblashish tartibini hamda Karta qabul qilinishini ta'minlash uchun Protsessor va Hamkor axborot-texnologik ozaro ishlash texnologiyasi tartibini belgilab qo'yadi.

1.2. Protsessor Operatsiyani amalga oshirish uchun zarur bo'ladigan axborotni To'lovchi tashkiltoga jo'natish majburiyatini oladi, To’lovchi tashkiloot haq olib Hamkorga Xaridaor Do’kondan Tovar olish uchun Protsessorning ADM yordamida elektron ko’rinishda o’tkazgan to’lovni ishlash xizmatini ko’rsatish majburiyatini oladi, Hamkor esa Shartnoma bilan nazarda tutilgan haqni (TT komissiyasini) to’lash majburiyatini oladi.

1.3. Xaridorlarning Hamkor oldidagi majburiyati hamda bu majburiyatni ado etish uchun pul o'tkazish zarurati O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi va (yoki) Xaridor bilan Hamkor o'rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo'yilgan tartib va asoslarga ko'ra yuzaga keladi. Eslatib o'tilgan majburiyatlarni yuzaga keltiradigan munosabatlar Shartnoma bilan tartibga solinadigan predmetlar sirasiga kirmaydi va Protsessor uchun biror-bir majburiyatni hosil qilmaydi.

2. Shartnoma tuzilgandagi o'zaro harakat tartibi

2.1. Ushbu Shartnoma Shartnoma va So'rovnoma bilan belgilab qo'yilgan shartlarga asosan shartnoma tuzishlari uchun Protsessorning manziliga ofertalarnini jo'natish taklifi hisoblanadi.

2.2. To’lovchi tashkilotning qksepti Tomonlar Shartnoma va So'rovnoma shartlarini to’liq va biror shartsiz, biror qoidasini chiqarib tashlamasdan va/yoki cheklamasdan qabul qilishganini bildiradi hamda ikkt tomonlama tuzilgan yozma Shartnomaga tenglashtiriladi (O’zbekiston Respublikasi FK 366-moddasi).

2.3. Shartnomani bajarish tartibi faqat O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

2.4. Hamkor Shartnomani o’qib o’rganib chiqqach va faoliyat uchun zarur bo’lgan ma’lumot yoziladugan So’rovnimani to’ldirganidan so’ng dastlabki muzokaralah davomida Tomonlar Tolovchi tashkilot oladigan komissiya miqdorini kelishib olishgach To’lovchi tashkilot keyin aksept qilishi uchun oferta jo’natadi va buning uchun So’rovnomaning skanerdan o’tkazilgan shu (elektron) versiyasini Hamkorning imzosi bilan Protsessorning bank@paygine.net manziliga yoki Protsessor menejerining shaxsiy manziliga jo’natadi.

2.5. To'lovchi Tashkilot Protssessrni nomidan vakil qilib Hamkor ofertasini aksept qiladi va buning uchun Protsessorning vakolatli shaxsi Hamkorning Ariza-so'rovnomasiga qo'l qo'yadi. Protsossor Hamkorning ofertasini aksept qilgan va Hamkor bu haqda xabar olgan kundan boshlab Shartnoma tuzilgan deb hisoblanadi. Protsessor aksept qilgani haqida belgi qo'ygan Hamkorning arizasi Shartnoma tuzilganini tasdiqlaydigan fakt hisoblanadi. Protsessor aksept qilgani haqida belgi qo'yilgan Arizaning bir nusxasi Hamkorga qaytarib jo'natiladi, ikkinchi nusxasi esa Protsesorda qoladi.

Tizimga kirishi uchun Hamkorga to'liq ruxsat berilishi ham aksept deb hisoblanadi.

2.6. Protsessor Hamkor jo'natgan ofertani sababini aytmasdan qaytarishga haqli bo'ladi.

2.7. Protsessorning elektron manziliga yozib yoki Protsessor vakolatli menejerinig shaxsiy manziliga yozib Tomonlar kelishib olingan tartibda Protsessor To'ovchi Tashkilotning topshirig'iga ko'ra Hamkorga Tizimga sinab ko'rish maqsadida kirishga ruxsat berishi mumkin. Sinab ko'rish uchun Tizimga kirishga ruxsat berilishi Hamkor ofertani aksept qilganini bildirmaydi.

2.8. Hamkorga Sinab ko'rish uchun Tizimga kirishga ruxsat berilganidan so'ng Protsessor Hamkorning ofertasini qaytargan bo'lsa Protsessor Hamkorning Shaxsiy xonasini olib tashlashga haqli bo'ladi.

2.9. Shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab Shartnoma Tomonlarining huquq va majburiyatlari yuzaga keladi. Tizimga kirish uchun ruxsat berilgan vaqtdan boshlab yoki To'lovchi Tashkilot nomidan Protsessor Hamkor ofertasini aksept qilgan vaqtdan boshlab, qaysi biri oldin sodir bo'lishiga qarab, Shartnoma kuchga kiradi.

2.10. Hamkor Tizimda ro'yxatdan o'tganda haqqoniy ma'lumotni xabar qilish majburiyatini oladi.

2.11. Shartnoma doimiy asosda Internet tarmog'idagi paygine.uz manzilida joylashtiriladi.

3. Xizmat ko'rsatish muddati

3.1. Protsossor Hamkorga Shartnomaning 1.2-bandida aytilgan xizmat turlarini Karta egasi To'lov operatsiyasini amalga oshirish haqida ko'rsatma berishi bilanko'rsatadi.

3.2. Shartnomga ko'ra To'lovchi Tashkilot kechayu-kunduz Operatsiyalr o'tishini ta'minlaydi, biroq To'lovchi Tashkilot Tizimda profilaktika yoki texnik ishlarni bajargan vaqt bu qoidadan istisno qilinadi.

3.3. Profilaktka yoki texnik ishlar bajariladigan vaqtni To'lovchi Tashkilotning o'zi ichki reglamentga muvofiq belgilab qo'yadi, shu munosabat bilan bunday ishlar ,bajarilayotgan vaqtda To'lovchi Tashkilot ham, Protsessor ham Shartnomaning 1.1-,bandida aytilgan xizmatlar bajarilmagani uchun javob beramaydi.

3.4. Quyidagi hollarda Protsessor Hamkorga ko'rsatadigan xizmatini to'xtatib turishga haqli bo'ladi:

• Protsessorning o'ziga bog'liq bo'lmagan holatlar yuzaga kelsa va Protsessorning fikriga ko'ra bunday holatlarning davom etishi Protsessorga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo'lsa;

• Hamkor Shartnoma bilan nazarda tutilgan majburiyatlaridan birortasini buzgan bo'lsa, Hamkor yo'l qo'yilgan majburiyat buzilishini tuzatguncha;

• To’lovchi Tashkilotdan va/yoki Emitentdan Hamkor masalasida so’rov berish prosedurasi to’xtatilgani haqida bildiruv olingan taqdirda va Protsessor To’lovchi Tashkilotdan Operatsiyalarni o’tkazishga ruxsat olgan yoki Operatsiyarni o’tkazishni ta’qiqlash haqida ko’rsratma olgan bo’lsa;

• O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan nazarda tutilgan boshqa asoslar bo'lganda.

3.5. Xizmet qilish to'xtatilgani haqida Protsessor shunday bildiruv olgan kunning o'zida Hamkorning 'elektorn pochtasiga xabar yuboradi va/yoki Hamkor So'rovnomada ko'rsatgan mas'ul xodimga telefon qilib xabar beradi, xizmat nima sababdan va qancha vaqtga to'xtatilganini ma'lum qiladi.

3.6. To'lovchi Tashkilot va/yoki Protsessorda quyidagi asoslardan biri bo'lganda Protsessor bir tomonlama xizmat qilishni to'xtatishga haqli bo'ladi, To'lovchi Tashkilot esa Operatsiyalar o'tkazishni to'xtatadi:

• Hamkorning o'zi ishtirok etib va/yoki uning xodimlari qatnashib Do'konda Qalloblik operatsiyasi o'tkazilgan bo'lsa, shu jumladan: Xaridorlarning qalloblik ishi yoki boshqa noqonuniy ishda qatnashishi;

• Hamkor Protsessorga Hamkor haqida, uning faoliyati va hk. haqida noto'g'ri ma'lumot berishi;

• Protsessor va To'lovchi Tashkilotni oldindan ogohlantirmay Do'kon/Hamkor Do'kon Saytining domen nomiga o'zgartirish kiritgan bo'lsa;

• Do'konning/Hamkorning Do'kon Saytiga qo'yiladigan talablarga va/yoki Shartnoma bilan nazarda tutilgan boshqa talablarga to'g'ri kelmasligi;

• Do'kon/Hamkor To'lovchi Tashkolot va/yoki Protsessorning moliyaviy ahloviga va/yoki obro'siga zarar qiladigan faoliyat turlarini amalga oshirishi;

• To'lovchi tashkilot va/yoki Protsessor Hamkor biror-bir asossiz Qaytarish operatsiyasini bajarishni rad etganini bilsa yoki oldin o'tkazilgan Operatsiyalar bo'yicha pul asossis Xaridorning hisobidan chiqarib olingan boshqa hollarda;

• Shartnomaning 4.2.1 va 6.2-bandlari bilan belgilab qo'yilgan hollarda Hamkor To'lovchi Tashkilotga va/yoki Protsessorga pul o'tkazish majburiyatini bajarmasa ;

• O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan nazarda tutilgan boshqa asoslar bo'lganda.

4. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

4.1. Tolovchi Tashkilotning majburiyati:

4.1.1. Operatsiyalar bajarilishi uchun va bevosita Operatsiyalarni bajarish uchun Protsessor Tizimidan jo'natiladigan axborot kechayu-kunduz ishlanish imkoniyati bo'lishini ta'minlaydi;

4.1.2. Quyyidagilar bo'lishi sharti bilan 10 (o'n) bank kuni ichida Hamkorning So'rovnomada ko'rsatilgan hisob raqamiga Pul o'tkazadi:

• To'lovchi Tashkilot va/yoki Protsessorning Hamkorning Do'konida Qalloblik operatsiyasi va/yoki Haiqiqiy hisoblanmaydigan operatsiya o'tgan degan shubhasi bo'lmasligi;

• To’lovchi Tashkilot va/yoki Protsessorning Hamkor O’zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadni qonunlashtirish, terrorchilikni moliyalash va ommaviy qirg’in quroli tarqatishni moliyalashga qarshi kurasish to’g’risida”gi Qonunini buzgan deb hisoblanadigan harakatni amalga oshirdi degan shubhasi bo’lmasligi;

• Hamkor Shartnoma shartlarini buzmagani;

• Hamkorning To'lovchi Tashkilot va/Hamkordan qarzi yo'qligi.

4.2. To'lovchi Tashkilot quyidagi huquqlarga ega bo'ladi:

4.2.1. Quyidagi To'lash operatsiyalri summasini Hamkorga o'tkazmaydi yoki keyingi To'lash operatsiyalaridan ushlab qoladi:

• Shartnoma shartlari, O'zbekiston Respublikasining amal qiladigan qonunchiligi va/yoki TT qoidalari buzib o'tkazilgan Operatsiyalar bo'yicha;

• Qaytarish operatsiylari o'tkazilgan Operatsiyalar bo'yicha, shu jumladan, bunday Operatsiyalar yuzasidan Protsessor oladigan haq bo'yicha.

4.2.2. O'tkazilgan pul summasidan TT Komissiyasini, jarimalar summasini va Shartnomada ko'rsatilgan yoki Hamkor Shartnomani buzgani uchun yuzaga kelgan boshqa summalarni ushlab qoladi.

4.2.3. Hamkor Shartnoma shartlarini bajarayotganini bilish uchun Do'konni tekshirishdan o'tkazadi.

4.2.4. Shartnomaga bir tomonlama tartibda o'zgarish va qo'shimchalar qo'shadi. To'lovchi Tashkilot qo'shilayotgan qo'shimchalar haqida Protsessor orqali Hamkorga quyidagi yo'llar bilan xabar beradi:

4.2.4.1. bunday axborot Hamkorga Protsessor orqali yetkaziladi, shu jumladan, uning texnik vositalaridan foydalanbi elektron ko'rinishda jo'natiladi va Hamkorning shaxsiy xonasida chop etiladi;

4.2.4.2. Hamkorning So'rovnomada yozilgan manziligi xat jo'natiladi;

4.2.4.3. Hamkorning elektron pochtasiga elektron xat jo'natiladi;

4.2.4.4. Protsessorning saytida Shartnomaning yangi tahririni chop etish

4.2.5. Quyidagi hollarda Operatsiyani bajarish uchun zarur bo'ladigan axborotni ishlash va (yoki) Operatsiyani o'tkazish imkoniyati to'xtatib turiladi:

4.2.5.1. Hamkor Shartnomani buzib Operatsiya o'tkazganda;

4.2.5.2. TT monitoring tizimi Operatsiyani shubhali deb e'tirof etgan va (yoki) shunday Operatsiya deyish uchun asos bo'ladigan axbort bo'lganida;

4.2.5.3. Shartnoma doirasida Hamkor noto'g'ri na'lumot bergani aniqlanganda;

4.2.5.4. Hamkor TTga moliyaviy zarar yetkazadigan va (yoki) uning obro'siga zarar qiladigan faoliyat turlari bilan shug'ullanganda;

4.2.5.5. faqat shu Hamkorda To'lash operatsiyalari kamayib/ko'payib ketsa yoki faqat unda Qaytarish operatsiyalari ko'paysa;

4.2.5.6. agar Karta egasi Operatsiya o'tkazganini rad etsa;

4.2.5.7. Do'kon/Hamkor Shartnoma bilan belgilab qo'yilgan tartibda TTni oldindan ogohlantirmay Do'kon saytining domen nomiga o'zgartirish kiritgani haqidagi aniqlanganda;

4.2.5.8. TT Do'kon/Hamkor asossiz ravishda Qaytarish operatsiyasi o'tkazishni rad etgan hollar bo'lganini aniqlaganda yoki oldin o'tkgazilgan Operatsiyalar bo'yicha pul mablag'i Karta egasining hisobidan asossiq chiqarib olinganini bilganda;

4.2.5.9. Do'kon Qalloblik operatsiyasini amalga oshirganda va (yoki) Hamkor va (yoki) uning xodimlari, shu jumladan, Karta egalari qalloblik yoki boshqa qonunsiz faoliyatda ishtirok etganda;

4.2.5.10. Do'kon/Hamkor Shartnoma bilan belgilab qo'yilgan talablarga to'g'ri kelmaganda;

4.2.6. TTning To’lov operatsiyalari o’tayotganda xavfsizlikni ta’minlaydigan va qalloblik bo’lishi oldini oladigan dasturlarida foydalanish maqsadida hamda TtTning boshqa dasturlarida qo’llash uchun, shuningdek, Karta egasining topshirig’i bilan Operatsiyalar o’tkazish imkoniyati bo’lishini ta’minlash uchun kunu-tun axborot-texnologik birga ishlash ta’minlanishi maqsadidaTo’lov Tizimida va boshqa uchinchi shaxslarga Hamkor haqidagi To’lovchi Tashkilotga ma’lum bo’lgan axborotni beradi (shu jumladan quyidagi rekvizitlarni berish: huquqiy/pochta manzili, telefon/faks raqamlari, ‘elektron pochtasining/saytining manzili, bank rekvizitlari va hk.).

4.2.7. Sababini ma'lum qilmasdan Do'konni ro'yxatdan o'tkazishni yoki oldin ro'yxatdan o'tgan Do'konga xizmat qilishni rad etish va (yoki) to'xtatish.

4.2.8. Hamkor bilan axborot-texnologik o'zaro ishlash maqsadida shuningdek, Protsessor ushbu Shartnoma doirasida, TT uning nomidan tegishli axborot xabarlarini va (yoki) bildiruvlarni jo'natishi uchun Protsessorni jalb qilish.

4.2.9. Hamkor Bankda ochgan bank hisobidan akseptsiz tartibda TT Hamkordan talab qilgan summani chiqarib olish.

4.2.10. Hamkorni identifikatsiya qilish zarurati bo'lganda va Hamkor haqidagi axborot yangilanganda Hamkordan O'zbekiston Respbulikasi qonunchiligi bilan nazarda tutilgan ma'lumotni talab qilish va shunday ma'lumotni Hamkordan olish.

4.2.11. Shartnoma bo'yicha o'z huquq va majburiyatlarini Protsessorga topshirish va bu haqda Hamkorga xabar berish.

4.3. Protsessor quyidagi majburiyatlarni oladi:

4.3.1. Hamkorga Shartnomaning 1.2-bandida ko'rsatilgan xizmat turlarini ko'rsatish uchun Hamkorni Protsessorning Tizimiga ulash. Hamkorni Protsessorning Tizimiga ulash Tomonlar o'rtasida axborot-texnologik birga ishlashni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan harakat hisoblanadi hamda Tomonlar ushbu Shartnoma bilan nazarda tutilgan majburiyatlarini bajarishi deb tushuniladi.

4.3.2. Real vaqt rejimida Hamkorga Operatsiya haqida bildirish jo'natadi;

4.3.3. Shartnoma bilan belgilab qo'yilgan tartibda va muddatda Hamkorga ko'rsatilgan xizmatlar haqidagi Dalolatnomani topshiradi;

4.3.4. Turgan joyi va/yoki bank rekvizitlari o'zgargan taqdirda shunday voqea sodir bo'lgandan so'ng 3 (uch) ish kuni ichida bu haqda Hamkorni yozma xabardor qiladi.

4.4. Protsessorning quyidagilarga huquqi bo'ladi:

4.4.1. O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga ko’ra shunday ma’lumotga zarurat bo’lganda, shu jumladan, jinoyatdan olingan daromdni qonuniylashtirish (tozalash) va terrorchilikni moliyalashga qarshi turish haqidagi qonunchilik talab qilganda va TT talabiga ko’ra Hamkordan Hamkorning majburiyatlari haqida axborot talab qilish va Hamkorning buxgalteriha hujjatlarini so’rab olish; Shu bilan bir qatorda quyidagi ma'lumot va hujjatlar ham so'rab olinishi mumkin:

• Hamkor ro'yxatga olinganini va Hamkor vakilining vakolatini tasdiqlaydigan hujjatlar;

• Tovarni Xaridorga yetkazib beish usullari haqidagi ma'lumot;

• tovar ishlab chiqaruvchisi haqidagi ma'lumot;

• Hamkorning Tovarni taklif qilishga sertifikati borligi haqidagi ma'lumot, muvofiqlik sertifikati, gigiyenik sertifikati va boshqa sertifikatlari haqidagi ma'lumot;

• taklif qilinayotgan Tovarga mualliflik huquqi haqidagi ma'lumot.

4.4.2. Karta egalari bo'lmagan shaxslar bilan Operatsiyalar o'tkazganini bilish va/yoki Hamkor Xaridorlarga Protsessor bilan kelishilmagan Tovarni taklif qilganini aniqlash uchun Hamkorni auditdan o'tkazadi;

4.4.3. Hamkordan Kartalardan foydalanib o'tkazilgan ooperatsiyalar haqidagi ma'lumotni (reyestrlar, xaridorlarning Tovarni olgani haqidagi tilxatlari va Operatsiya amalga oshirilishini asoslovchi boshqa hujjatlarni)so'rab oladi. Hamkor ko'rsatilgan ma'lumotni va hujjatlarni Hamkorning bog'lanish uchun So'rovnomada yozilgan elektron manzilidagi elektron pochtasiga so'rov jo'naitilgan kundan boshlab 2 (ikki) kalendar kuni ichida Protsessorga topshirishi kerak;

4.4.4. www.paygine.uz manzilidagi o'zining rasmiy saytida Hamkorning o'zi taqdim qilgan Hamkor haqida, Hamkorning yoki uchinchi shaxslarning tovar belgilari haqida, shuningdek, Hamkorni (uchinchi shaxslarni) tanittiradigan boshqa belgilar haqidagi ma'lumotni joylaydi.

4.5. Hamkor quyidagi majburiyatlarni oladi:

4.5.1. Shartnoma talablarini bajaradi va unda yozilgan qoidalarga amal qiladi;

4.5.2. Shartnomaning 5-bo'limida belgilab qo'yilgan tartibda va miqdorda TTga komissiya haqini to'laydi, shuningdek, Protsessor talab qilganda Shartnoma 6 va 8-bo'limlari bilan nazarda tutilgan summani to'laydi;

4.5.3. O'zining saytida Hamkor So'rovnomada ko'rsatgan TT va Protsessor bilan birga ishlashi haqidagi ma'lumotni joylaydi;

4.5.4. Protsessor Hamkorga tegishli To'lov operatsiyasi bajarilgani haqida bildirish jo'natgan vaqtdan boshlab Xaridorlarning Hamkor oldidagi Tovar haqini to'lash borasidagi majburiyati ado etilganini e'tirof qiladi;

4.5.5. Xaridaorlardan To'lovchi Tashkilotga beriladigan haqni olmaydi va Protsessor xizmatidan foydalanib Tovar haqini to'lashgani uchun ulardan Tovar haqiga qo'shimcha biror boshqa haq olmaydi;

4.5.6. Xaridorlarning To'lash operatsiyasi pulini qaytarish haqidagi da'volarini o'zi hal qiladi;

4.5.7. Uch kunlik muddat ichida TT va Protsessorga Shartnoma bajarilishiga ta’sir qiladigan voqealar haqida yozma xabar beradi, shu jumladan, nomi o’zgargani, manzili o’zgargani, haqiqiy manzili o’zgargani, bank rekvizitlari o’zgargani, internet saytining manzili oz’gargani, sotadigan Tovarlari ro’yxati o’zgarganini ma’lum qiladi;

4.5.8. Axborotni oshkor qilish shakli va usuli qanday bo'lishidan qat'iy nazar Tomonlar hamkorlik qilishi haqidagi ma'lumotni oshkor qilmoqchi ekanini oldindan Protsessor bilan kelishib oladi;

4.5.9. Uchinchi shasx shunday ma’lumotni joylashtirishga tegishli tartibda rasmiylashtirilgan yozma rozilik bergan taqdirda Protsessor o’zining saytida joylashtirishi uchun shunday uchinchi shaxslarni tanittiradigan vositalarni Protsessorga taqdim etadi.

4.5.10. 2 (ikki) ish kunidan oshmaydigan muddat ichida Protsessorga Karga egasi amalga oshirganiga shubha bor Operatsiyalar haqida va/yoki Hamkor Protsessor bilan kelishib olmagan Tovarlar sotilgan Operatsiyalar to'g'risida hisobot beradi;

4.5.11. Shartnomani bajarish natijasida Protsessorga ma'lum bo'lgan Karra egasi haqidagi ma'lumotni sir saqlaydi;

4.5.12. Zudlik bilan, hujjatning skanerdan o’tkazilgan nusxasini jo’natib va keyinroq Protsessorga asl hujjatlarni ko’rsatib Protsessorni to’lov rekvizitlari o’zgargani, sotiladigan Tovarlarining xususiyati o’zgargani, boshqa hujjatlari o’zgargani hamda Protsessorga oldin taqdim etilgan Hamkor haqidagi boshqa axborot o’zgargani tog’risida xalbar qiladi;

4.5.13. Hamkorning ta'sis hujjatlari va boshqa hujjatlari o'zgarmagan bo'lsa yiliga kamida bir marta Protsessorga Hamkor rahbarining imzosi qo'yilgan xat bilan, Protsessor talab qilganda, Hamkor oldin Protsessorga taqdim etgan ma'lumot hozir ham o'shandek va to'g'ri ekanini tasdiqlaydi;

4.5.14. Hamkor birinchi Operatsiyani o'tkazgan kundan so'ng 2 (ikki) haftadan kechiktirmay Protsessorning Shartnomada yozilgan manziliga imzo qo'yilgan So'rovnomaning asl nusxasini jo'natadi;

4.5.15. To’lovchi Tashkilotga va/yoki Protsessorga Shartnomaning 4.2.1-bandida ko’rsatilgan Shartnoma shartlari buzilib o’tkazilgan Operatsiyalar bo’yicha, shuningdek, Emitent Karta egasi o’tkazmagan deb ma’lum qilgan Operatsiyalar bo’yicha olingan, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan va/yoki TT qoidalariga ko’ra qo’llanadigan jarimalar ko’rinishidagi ushlab qolingan summani TT va/yoki Protsessorning talabi olingan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida qoplaydi;

4.5.16. Protsessor Xaridor bank to’lov kartasidan foydalanib Hamkor Tovari haqini to’lash maqsadi bilan elektron ko’rinishda boshlagan to’lov operatsiyalarini ishlashi uchun Xaridordan shaxsiy ma’lumotini ishlashga hamda SMS xabar ko’rinishida ma’lumot olib turishga rozilik oladi; to’lov operatsiyasini amalga oshirish uchun zarur bo’ladigan axborotni To’lovchi Tashkiltoga jo’natadi; amalga oshirilgan to’lovlarni tasdiqlash uchun SMS xabar olish maqsadida zarur ma’lumotni «Play Mobile» MCHJ (STIR: 207200524) topshirish uchun.

4.5.17. Protsessordan so'rov olgan vaqtdan so'ng 1 (bir) ish kunidan kechiktirmay Shartnomaning 4.5.15-bandida aytilgan Xaridorning roziligini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi;

4.5.18. Shartnomaning 4.5.15-bandida aytilgan hujjatlarni taqdim etmasa yoki Shartnomaning 4.5.16-bandidagi muddatga rioya etmasa talab kelib tushgandan so'ng 7 (yetti) kalendar kuni ichida Xaridorning bunday roziligi yo'qligi uchun Protsessor ko'rgan barcha zarar, to'lagan jarimalar o'rnini qoplaydi, shu jumladan, shartnomadagi penyalarni to'laydi;

4.5.19. Shaxsiy ma'lumot va reklama haqidagi qonunchilikdan kelib chiqib Xaridor bilan bo'ladigan barcha nizolarni shaxsiy ma'lumot subyekti sifatida o'zi hal qiladi;

4.5.20. O’zbekiston Respublikasiming amal qiladigan qonunchiligiga muvofiq fiskal chekdagi ma’lumotni yaratish, jo’natish, olish va saqlash maqsadida, shu jumladan, Xaridorga elektron ko’rinishda fiskal chekiyuborish yoli bilan Hamkkor TT bilan axborot-texnologik jihatdan o’zaro birga ishlab fiskal ma’lumot bilan o’zi mustaqil ta’minlayolmasa va fiskallashtirishni mustaqil bajaraolmasa Hamkor fiskallashtirishni Shaxsiy xona orqali amalga oshirish majburiyatini oladi va O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq Protsessorni soliq to’lovchi kabineti orqali komissioner sifatida ro’yxatga oladi.

4.5.21. Agar Hamkor Marketpleys funksiyasini bajarsa Hamkor O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq Protsessorni soliq to’lovchi kabineti orqali komissioner sifatida ro’yxatdan o'tkazish majburiyatini oladi va komitent STIRi (JSHIR)ni ko'rsatadi. Bundan tashqari Hamkor O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan komitent Hamkorni soliq to'lovchining shaxsiy kabineti orqali komissioner sifatida ro'yxatga olganiga kafolat beradi.

5. To'lovchi Tashkilotning komissiyasi va hisoblashish tartibi

5.1. Bir kalendari oyiga teng bo'ladigan davr uchun TT oladigan komissiya miqdori So'rovnomada yozilgan stavka bo'yicha, Ko'rsatilgan xizmatlar dalolatnomasiga asosan hisoblab chiqariladi.

5.2. Shartnomaning 4.2.1 va 4.2.2-,bandlariga muvofiq ushlab qolinadigan summani chiqarib TT Pulni Hamkorning rekvizitlariga o'tkazib ito'laydi, bundan tashqari, TT 5.1-bandda aytilgan summani ham ushlab qoladi. TTning Hamkorga Pul o'tkazish majburiyati TT hisobidan pul chiqrib olingan kuni bajarilgan deb hisoblanadi.

5.3. TT Hamkorga o'tkaziladigan Puldan Shartnomaning 4.2.1-bandiga muvofiq, bahs qilinayotgan Operatsiya summasiga tengini ushlab qolishga haqi bo'ladi hamda TT qoidalariga muvofiq, bunday bahsli Operatsiya yuzasidan yakuniy qaror chiqarilguncha bu summani to'lamay turadi. Agar chiqarilgan yakuniya qaror doirasida Operatsiya bahsli deb e’tirof etilmasa O’zbekiston Respublikasi qonunchilig va/yoki TT qoidalari buzilib o’tkazilgan va/yoki Karra egasi o’tkazmagan deb xabar olganidan so’ng TT bahsli Operatsiya deb hisoblagan (Chargeback) va ushlab qolgan summani TT Ekvayring shartnomasi bilan belgilab qo’yilgan muddatda o’tkazib berad.

5.4. Operatsiyani shubhali va/yoki Qalloblik operatsiyasi va/yoki haqiqiy emas deyish uchun asos bo’ladigan taqdirda bu Operatsiyalar Qalloblik operatsiyasi emas va/yoki ularni haqiqiy emas deb hisoablashga asos yo’q ekani ma’lum bo’lgunda TT tegishli Pul to’lash Opertsiyalari bo’yicha Hamkorga Pul o’tkazishni to’xtatib turishga haqli bo’ladi.

5.5. Hisobot oyidan keyin keladigan oyning beshinchi kunidan kechiktirmay Protsessor Shaxsiy xonada qoldirish yo'li bilan Hamkorga Shartnomaga Dalolatnomani jo'natadi. Hisobot oyida Karta egasi Hamkor foydasiga birorta ham Operatsiya o'tkazmagani uchun Protsessor uning birorta ham topshirig'ini bajarmagan bo'lsa Protsessor Hamkorga Dalolat jo'natmaslikka haqli bo'ladi.

5.6. Dalolatnomani olgan kundan so'ng 3 (uch) kalendar kuni ichida Hamkor Protsessorga Dalolatnomaga rozi ekani yoki sababini ko'rsatib Dalolatnomaga e'tirozi borligi haqida xabar jo'natish majburiyatini oladi. Dalolatnomaga rozi ekani haqidagi xabarda Hamkor Dalolatnomda ko'rsatilgan ma'lumotga rozi ekanini va elektron hujjat almashish (EHA) tizimida Dalolatnomani qabul qilishi va unga imzo qo'yishini yozadi. Hamkor Dalolatnomaga e’tiroz bildirgan bo’lsa va Hamkorning Dalolatnomada yozilgan summaga e’tirozi asosli deb tan olingan taqdirda Tomonlar Protsessor Hamkorning e’tirozini olgan kundan so’ng 3 (uch) ish kunidan kechiktirmay ma’lumot farq qilishi haqida dalolat tuzish va unda yozilgan summani keyingi hisobot davri Dalolatnomasida hisobga olish majburiyatini olishadi. Ushbu bandda ko’rsatilgan muddat ichida Hamkor Dalolatnomaga rozi ekani haqida xabar jo’natmasa yoki, sababini ko’rsatib Dalolatnomaga e’tirozi borligi haqida xabar qilmasa Tomonlar Dalolatnomani kelishib olishdi, deb hisoblanadi.

5.7. Shartnomaning 5.6-bandi bilan belgilab qo'yilgan muddat ichida Hamkordan Dalolatnomaga rozi ekani haqida xabar olingan bo'lsa, shuningdek, Dalolatnomaga roziligi haqida xabar olinmasa yoki sababini ko'rsatib Dalolatnomaga e'tiroz borligi to'g'risida ham xabar olinmasa Protsessor Dalolatnomani EHA tizimiga jo'natadi. Hamkor EHA tizimida Dalolatnomani olgandan so'ng 3 (uch) kun ichida Dalolatnomani qabul qilish majburiyatini oladi. Hamkorning EHA tizimiga kelgan Dalolatnomani qabul qilmaslikka yoki sababini ko’rsatib Dalolatnomaga e’tirozi borligi haqida xabar jo’natishga haqqi bo’lmaydi, chunki Hamkor Dalolatnomaga rozi ekani haqida xabar jo’natgan vaqtdan boshlab yoki Shartnomaning 5.6-bandi bilan belgilab qo’yilgan muddat tugaganda unga rozili ekani yoki e’tirozi borligi haqida xabaqr olinmagan bo’lsa Tomonlar Dalolatnomani kelishib olishgan, deb hisoblanadi.

5.8. Agar Hamkor Shartnomaning 5.7-bandida aytilgan Dalolatnomani qabul qilsh muddatini buzsa Hamkor shu munosabat bilan Protsessor ko'rgan zararni to'lash majburiyatini oladi, agar shunday zarar yuzaga kelgan bo'lsa, hamda Protsessor talab jo'natgan kundan so'ng 5 (besh) ish kuni ichida Dalolatnomadagi summaning 10% miqdorida penya to'laydi.

5.9. Zarurat bo'lganda, agar Hamkor va/yoki Xaridor O'zbekiston Respublikasida yashamasa, Protsessor Shartnomaga muvofiq xizmat qilgani uchun emitent bank yoki jo'natuvchi bank belgilab qo'ygan almashish kursi qo'llanadi.

6. Qaytarish/Operatsiyani bekor qilish xizmati

6.1. Karta egasi Karta bilan puli to'langan Tovarni (ishni, xizmatni) qaytargan taqdirda, to'lash operatsiyasi bekor qilingan bo'lsa, Hamkor quyidagi tartib bilan hujjat rasmiylashtiradi:

6.1.1 Hamkor Saytidan foydalanadigan va Karta egasi bo'lgan jismoniy shaxsning bekor qilishi Karta egasining tashabbusi bilan, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bo'ladi;

6.1.2 O'zbekiston Respublikasining amal qiladigan qonunchiligiga muvofiq Karta egasidan to'langan pulni Karta hisobiga qaytarish haqida talab olgandan so'ng, shuningdek, Hamkor bilan Protsessor o'rtasida tuzilgan foydalanish haqidaig kelishuv shartlariga ko'ra Hamkor:

6.1.2.1. o'zining ma'lumot bazasida (avtomatlashgan Hamkor Tovarlari haqini to'lash tizimida) shunday Tovar haqini to'lash operatsiyasi borligini tekshrib ko'radi va bekor qilish imkoniyati borligini tasdiqlaydi;

6.1.2.2. tekshirish shunday operatsiya bo'lganini ko'rsatsa va Tovar haqini to'lash operatsiyasini bekor qilish imkoniyati borligi tasdiqlansa Qaytarish operatsiyasini bajarish uchun ma'lumot yig'adi va birinchi Operatsiyaning raqami va summasi bilan shu va boshqa ma'lumotni Tizimga kiritadi;

6.1.2.3. Hamkordan ma'lumot olishi bilan Tizim Qaytarish operatsiyasini bajarish uchun ma'lumot formati to'g'ri ekanini tekshiradi va olingan so'rov so'rov berish uchun belgilab qo'yilgan me'yorlarga to'g'ri kelsa so'rov Tizimdan Emitentga jo'natiladi;

6.1.2.4. Emitent Qaytarish operatsiyasining natijasi ijobiy ekanini tasdiqlaganidan so'ng Hamkor qaytarish ishini oxiriga yetkazadi. Agar 3 (uch) ish kuni ichida tasdiq olmasa Hamkor Protsessorga yozma so'rov jo'natadi.

6.2. TT qaytarish/bekor qilish summasini Hamkorning keyingi To'lash operatsiyalari summasidan ushlab qolishga haqli bo'ladi. Shunday bo'lganda TT oldin ushlab qolgan TT komisssiya haqini qaytarib bermaydi.

Agar keyin Hamkorga o’tkaziladigan pulning summasi Hamkor Protsessordan (TTdan) bekor qilsh/qaytarish summasini undirish haqida talab olgandan so’ng 3 (uch) ish kuni ichida Karta egasining qaytarilgan/bekor qilingan summasi miqdoriga yetmasa Hamkor Protsessorga To’lovchi Tashkilot qaytarilgan/bekor qilingan summani Hamkorning qo’shimcha farmoishisiz (akseptiz) Hamkorga o’tkaziladigan summadan ushlab qolishga o’rsatma berishini so’raydi.

Qaytarilgan/bekor qilingan summani ushlab qolish uchun mablag'i yo'q bo'lgan/yetmagan taqdirda qaytarilgan/bekorq qilingan summa Protsessordan undirilganini kompensatsiya qilish uchun qaytarilgan/bekorq qilingan summani Protsessorning hisobiga o'tkazishi shart. Protsessor talab qilgandan so'ng 3 9uch) ish kuni ichida shu pul unga o'tkazib berilishi kerak.

6.3. Hamkor Shartnomaning 6.2-bandi bilan belgilab qo’yilgan Hamkorning topshirig’i Shartnomaga muvofiq Hamkorga o’tkaziladigan summadan pul mablag’ini chiqarib olish haqidagi TT talabini Hamkor aksept qilishi ekanini tasdiqlaydi (oldindan belgilab qo’yilgan aksept).

7. Ruxsat olinmagan to'lovlardan himoya qilish

7.1. Protstssor Shartnomaning 1.1-bandida ko'rsatilgan xizmat turlarini TTning axborot xavfsizligini ta'minlash talablaridan iborat bo'lgan ma'lumot xavfsizligi standartlariga (PCI DSS) muvofiq amalga oshiradi.

7.2. Xaridor Kartadan foydalanib Hamkor Tovarini sotib olayotganda Karta egasi bilan Emitent o'rtasida belgilab qo'yilgan identifikatsiha (o'zini tanitish) protsedurasidan o'tadi.

7.3. Protstssor TTdan, Emitentdan va/yoki To'lov Tizimidan To'lash operatsiyasi o'tkazilgan tovar haqini to'lash ruxsatsiz bo'lgani haqida xabar olgan taqdirda TT Shartnomaning 4.2.1-bandiga muvofiq ruxsatsiz o'tkazilgan to'lov summasini ushlab qolishga haqli bo'ladi.

8. Tomonlarning javobgarligi va nizolarni hal qilish tartibi

8.1. Protsessor Hamkor Xaridorlar oldidagi vazifasini qanday bajargani uchun Xaridorlarga javob bermaydi.

8.2. Protsessor o'tkazgan summa tariflarga (preyskurantga) tog'ri kelmagani uchun Xaridorlar bilan yuzaga keladigan nizolarni Hamkorning o'zi hal qiladi.

8.3. Hamkor shunday deb taqdim etgan ma’lum bir shaxsning individualizatsiyalash vositalaridan noqonuniy (shaxsning yozma ruxsatinii olmay) foydalangani uchun TTdan va/yoki Protsessordan uchinchi shaxs foydasiga pul mablag’i undirish haqidagi sudning qarori qonuniy kuchga kirgan taqdirda Protsessor ushbu band ikkinchi xatboshisi bilan nazarda tutilgan harakatni amalga oshirgach Hamkor Protsessorning qonuniy kuchga kirgan sudning qarori ilova qilingan bu haqdagi e’tirozini olgan vaqtdan boshlab 10 (o’n) ish kuni ichida sud qarori asosida TTdan va/yoki Protsessordan uchinchi shaxs foydasiga undirilgan summani, shu jumlada,n TT va/yoki Protsessorning sud xarajatlarini ham to’liq miqdorda qoplab berish majburiyatini oladi.

Uchinchi shaxs ushbu band birinchi xatboshisida belgilab qo'yilgan aoslarga ko'ra To'lovchi Tashkilot va/yoki Protsessor ustidan da'vo qilgan taqdirda TT va/yoki Protsessor Hamkorni shunday da'vo yuritivga olingani haqda ogohlantirish majburiyatini oladi va birinchi instansiya sudining dastlabki majlisida keyingi sud majlisiga Hamkorni uchinchi shaxs sifatida jalb etish haqida iltimosnoma beradi.

8.4. Hamkor To’lov tizimi qoidalarini va O’zbekiston Respublikasi qonunchiligini buzgani uchun, shu jumladan, Hamkor fiskal ma’lumot operatori bilan axborot-texnologik o’zaro ish bajarilishini borasidagi majburiyatini lozim darajada bajarmagai va O’zbekiston Respublikasining amal qiladigan qonunchiligiga muvofiq fiskal cheklarni yaratmagan, jo’natmagan, olmagan va saqlamagani bois To’lovchi Tashkilot va/yoki Protsessor zarar ko’rsa, Jarima, penya to’lasa yoki boshqa talablarni bajargan bo’lsa, shuningdek, Hamkor o’zi mustaqil fiskal cheklarni Xaridorlarga elektron ko’rinishda jo’natmagan yoki buning uchun Shaxsiy kabinetdan foydalanmagan bo’lsa Hamkor To’lovchi Tashkilot va/yoki Protsessor ko’rga zararni, to’lagan jarima, penyalarni yoki boshqa talablarni TT va Protsessordan undirilgan miqdorda to’liq qoplaydi.

8.5. Hamkor Shartnomaning 6.2-bandi bilan belgilab qo'yilgan pulni o'tkazish muddatini buzgan taqdirda Hamkor har bir kechiktirilgan kun uchun to'lanishi kerak bo'lgan pulning 0,2% (nol butun o'ndan ikki foizi) miqdorida, lekin shu summaning 10 foizidan oshirmay neustoyka to'lashi shart.

8.6. TT Shartnomaning 4.1.2-bandi bilan belgilab qo'yilgan pul o'tkazish muddatini buzgan taqdirda, agar To'lovchi Tashkilotning Shartnomada belgilgab qo'yilgan pulni o'tkazmaslikka asosi bo'lmasa, Hamkor har bir kechiktirilgan kun uchun to'lanishi kerak bo'lgan pulning 0,2% (nol butun o'ndan ikki foizi) miqdorida, lekin shu summaning 10 foizidan oshirmay neustoyka to'lanishini talab qilishga haqli bo'ladi.

8.7. Protsessor xizmat ko'rsatishni to'xtatgani uchun, shuningdek, Shartnomaning 3.4 va 3.6-bandlarida aytilgan hhollarda TT Opertatsiyalar o'tkazishni to'xtatgani uchun Hamkor ko'rgan zarar uchun Protsessor javob bemaydi, bundan tashqari, xizmat to'xtatilishida bevosita Protsessorning aybi borligi isbotlanmagan bo'lsa va xizmat qilishni to'xtatish uchinchi shaxslarning harakati va/yokiProtsessorga xizmat qiladigan tashkilotlarning aybi bilan yuz bergan bo'lsa javob bermaydi. O'z navbatida, Qaytarish operatsiyalarini o'tkazgani bois yuzaga kelgan TT xarajatlari uchun faqat Hamkor javob beradi.

8.8. Shartnoma yuzasidan yoki u bilan bog'liq masalalarda Tomonlar o'rtasida chiqadigan hamma kelishmovchiliklar faqat o'zaro kelishib hal qilinadi. Bir Tomon ikkinchi Tomonning Shartnomada yoki So'rovnomada yozilgan huquqiy manziliga jo'natgan yoki Shartnoma yoki So'rovnomada ko'rsatilgan boshqa Tomonning elektron manziliga jo'natgan e'tiroz manziliga yetkazilgan deb hisoblanadi.

E'tiroz olgan Tomon E'tiroz olingan kundan boshlab 30 (o'ttiz) kalendar kuni ichida unga yozma javob berishi shart.

8.9. Tomonlarning Shartnoma yuzasidan yoki u bilan bog'liq masalalarda yuzaga chiqqan nizolari, agar o'zaro kelishish yo'li bilan hal qilinmagan bo'lsa, hal qilishi uchun Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga topshiriladi.

9. Sir saqlash

9.1. Tomonlar Shartnoma tuzilgani faktini sir saqlanadigan ma'lumot deb hisoblashmaydi.

9.2. Tomonlar uchinchi shaxslarga quyidagi ma'lumotni oshkor qilmaslik majburiyatini olishadi:

• Shartnoma shartlarini;

• Hamkorga ma'lumoti jo'natilgan o'tkazilgan pul summasi va pul o'tkazishlar sonini;

• pul o'tkazishlar sonini solishtirishga asoslangan va Protsessorga berilgan statistik ma'lumotni, boshqa Protsessorlar qancha pul o'tkazgani haqidagi ma'lumotni;

• Tomonlar Shartnomadagi majbuiyatlarini bajarganda olgan ma'lumotni, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko'ra biror Tomon bunday axborotni taqdim etishi kerak bo'lgan hollar bu qoidadan istisno etiladi.

10. Shartnoma amal qiladigan muddat ve uni bekor qilish tartibi

10.1. Shartnoma tuzilgan kunidan boshlab 5 (besh) yil amal qiladi.

10.2. Shartnoma muddati tugashidan (shu jumladan, navbatdagi amal qiladigan muddati tugashidan) kamida 30 (o'ttiz) kalendar kuni oldin birorta ham Tomon qog'ozga yozib boshqa Tomonni Shartnoma uzatilishini istamasligi haqida xabardor qilmasa Shartnoma amal qiladigan muddat o'z-o'zidan yana 12 (o'n ikki) oyga uzayadi. Tomonlar bunday xabar berisshni Shartnomani bir tomonlama bekor qilish deb tushunishmaydi. Ushbu bandga muvofiq Shartnoma amal qiladigan muddat cheklanmagan marta uzaytirilishi mumkin.

10.3. Tomonlarning istalgan bittasi bir tomonlama Shartnomani bajarishni rad etishga haqli bo'ladi. Buning uchun u ehtimol qilingan Shartnomani bajarishni rad etadigan kunidan kamida 30 (o'ttiz) kalendar kuni oldin xat yozib boshqa Tomonga Shartnomani bajarishni rad etmoqchi ekani haqida xabar beradi. Xabar qog'ozga yozib topshiriladi va unda Shartnomani bekor qilishning sababi ko'rsatiladi.

10.4. Shartnomaning 5.4-bandi bo'yicha Protsessor To'lovchi Tashkilotga to'lagan ushlab qolingan summa o'rnini qoplash borasidagi Hamkorning majburiyati yuzasidan Tomonlarning munosabati Shartnoma bekor qilingandan so'ng yana 180 (bir yuz sakson) kun davom etadi.

10.5. Shartnoma bekor qilinishidan oldin yuzaga kelgan Tomonlarning boshqa majburiyatlari to'liq bajarilguncha kuchda qoladi.

11. Boshqa shartlar

11.1. Shartnomaga qo'shilgan barcha ilovalar uning ajralmas qismi hisoblanadi. Shartnoma tuzilgan vaqtda unga qo'shimcha qilingan ilovalar:

1-ilova. Hamkor So'rovnomasi;

2-ilova. Ko'rsatilgan xizmatlar haqidagi dalolatnoma shakli;

3-ilova. Saytga qo'yiladigan talablar;

4-ilova. E'tirozlar bilan ishlash tartibi.

11.2. O'zbekiston Respublikasi FK 382-modda 1-xatboshisiga muvofiq Protsessor O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini e'tiborga olbi Shartnoma shartlarini o'zgartirishga haqli bo'ladi. Shunday bo'lganda Protsessor Shartnomaga qo'shgan o'zgarishlar Shartnomaning yangi tahriri Protsessorning yoki Tizimning saytida joylashtirilganidan so'ng 7 (yetti) kalendar kuni o'tgandan so'ng Tomonlar uchun majburiy bo'ladi.

11.3. Tomonlar Shartnomada va So'rovnomada ko'rsatilgan manzilga jo'natilgan barcha xabar va yozishmalarni tegishli tarzda jo'natilgan deb e'tirof etishadi. Shu bilan birga Tomonlar Shartnoma yuzasidan quyidagi usul bilan jo'natilgan xabarlarni tegishli tarzda jo'natilgan deb e'tirof qilishadi:

• xabar Protsessor yoki Tizimning saytida joylashtirilgan bo'lsa, bunday xabarlarga xusudan Shartnomaga kiritilgan o'zgartirishlar, Tariflar o'zgargani va keng shaxslar davrasiga tegishli boshqa hujjatlar o'zgargani haqidagi ma'lumot, shuningdek, Protsessor va Tizim ish tartibidagi o'zgarishlar haqidagi axborot kiradi;

• Protsessor Hamkorning Shaxsiy xonasida joylashtiradigan xabarlar — bung keng shaxslar davrasiga va Hamkorning o'ziga tegishli xabarlar, yangiliklar kiradi;

• Hamkor So'rovnomada ko'rsatgan elektron pochtadan foydalanish — Protsessor Hamkorning manziliga jo'natadigan, keng shaxslar davrasiga ham, Hamkorning o'ziga ham tegishli voqealar haqida xabar qilish uchun.

11.4. Birorta ham Tomon boshqa Tomonning yozma roziligini olmasdan Shartnomaga ko'ra o'ziga berilgan huquq va majburiyatlarni uchinchi tomonga topshirishga haqli bo'lmaydi.

11.5. Tomonlar Shartnoma tuzilgan vaqtda uni bajarish uchun javobgar shaxslar quyidagilar ekani to'g'risida kelishib olishdi:

Protsessor tomondan —


Buxgalteriya

accounting@paygine.net

Texmik yordam xizmati

support@paygine.net

Huquqiy manzili:

Toshkent shahri, Mirobod tumani, Afrosiyob ko'cha, 14

To'lovchi tashkilot tomondan: + 998 (99) 001-06-66

Taklifni bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.

Maslahat olish
Muammo yechimi topilmadimi – mutaxassislarimiz bilan
maslahatlashishga talabnomani yuboring, ular sizning
muammoingizni hal qilishga yordam beradi. Bu bepul.

To‘lovlarni hisobga o‘tkazish yoki ularni bajarish masalasi bo‘yicha
JSH (jismoniy shaxslar) murojaatlari uchun quyidagi manzilga murojaat qiling

helpline@paygine.uz
Наши менеджеры рассмотрят в скором времени ваше
обращение и свяжутся по указанному типу связи.